Siyosat

Yangi elchi ishonch yorliqlarining nusxasini topshirdi

Doniyor Sherzodovich
April 30, 2026
1 min
Yangi elchi ishonch yorliqlarining nusxasini topshirdi

O‘zbekiston – BAA munosabatlari

O‘zbekistonning BAAdagi yangi elchisi mamlakat Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Umar Ubayd al-Shamsiyga ishonch yorliqlarining nusxasini topshirdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik munosabatlarining holati hamda istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Umar al-Shamsiy O‘zbekistonning yangi elchisiga o‘z vazifalarini bajarishda muvaffaqiyatlar tiladi hamda BAA va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni barcha sohalarda kengaytirishga tayyorligini ta’kidladi.

Yangi elchi O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirishini ta’kidladi.

Yangi elchi ishonch yorliqlarining nusxasini topshirdi | Embassy of Uzbekistan in UAE | Embassy of Uzbekistan in UAE