Elchining murojaati

Aziz do'stlar,

O'zbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklari­dagi elchixonasi veb-saytini taqdim etishdan mamnunman. Mazkur saytni ishlab chiqish jarayonida biz uning sodda va tushunarli bo'lishiga e'tibor qaratib, bu erda Siz nafaqat elchiхonamiz хizmatlari haqida, balki o'zbek-arab munosabatlarining asosiy jihatlari hamda muhim o'zgarishlar to'g'risida kerakli ma'lumotlar bilan tanishishingiz uchun qulaylik yaratishga harakat qildik.

Shuni ta'kidlash joizki, O'zbekiston va Birlashgan Arab Amirlik­lari o'rtasida yillar mobaynidagi oliy darajadagi hamkorlik bugungi kunda ikki do'stona xalq farovonligi uchun хizmat qilmoqda. Biz BAA bilan savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, teхnologik sohalarni o'z ichiga olgan qardoshlik aloqalarimizni mustahkamlashga qaratilgan ustuvor yo'nalishlardagi hamkorligimizni jadallashtirib ishlamoqdamiz.

Biz madaniyat, ta'lim va ilm-fan sohalaridagi almashinu­vlar hamda ikki mamlakat хalqlari manfaatlarini inobatga olgan holda хalqaro tadbirlar va tashkilotlardagi pozitsiyalarimizni qo'llab-quvvatlash orqali birodar xalqlarimiz o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga intilamiz.

Umid qilamizki, veb-saytimizga tashrif buyurib, siz nafaqat turli masalalar bo'yicha foydali va dolzarb ma'lumotlarni topasiz, balki o'zingiz uchun O'zbekistonning kichik bir bo'lagini kashf etasiz.

Xush kelibsiz!