Chet el fuqarolari uchun ma'lumot

Vizasiz rejim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi farmoni bilan BAA fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan boshlab 30 kun muddatga vizasiz rejim o‘rnatildi.

Birlashgan Arab Amirliklari aholisining tarkibini hisobga olgan holda, 2020-yil 1-yanvarda Prezident qaroriga qo‘shimcha kiritildi , unda BAA rezident maqomini olgan xorijiy davlat fuqarolari uchun O‘zbekistonga kelgan kundan boshlab 30 kun muddatga vizasiz rejim ham belgilandi.

Ushbu qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekistonga tashrif buyuruvchilar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Tashrif buyuruvchilar O‘zbekistonga kirish vaqtida kamida 90 kun amal qiladigan BAA rezident vizasi asl nusxasini taqdim etishlari kerak.
  • Milliy pasportning asl nusxasi taqdim etilishi va kamida 180 kun amal qilish mudati bo’lishi kerak. (Sayohat hujjati va qochqin pasporti egalari bundan mustasno, hatto BAA resident maqomi bo'lsa ham, ular stiker vizasiga murojaat qilishlari kerak).

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun bu yerni bosing!