Doimiy konsullik hisobiga olish tartibi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-sonli “O'zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmonining 1-ilovasi 51-52 bandlariga ko'ra:
- o'rnatilgan tartibda xorijga doimiy yashashga chiqqan, shuningdek, vaqtincha chet elda bo'lib turuvchi fuqarolar O'zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarida doimiy yoki vaqtincha konsullik ro'yxatiga turadilar.
- doimiy konsullik ro'yxatiga xorijga doimiy yashashga chiqqan va chet elga chiqishlarini o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirgan fuqarolar olinadi.
- Vaqtincha konsullik ro'yxatiga olinmagan fuqarolar chet elda vaqtincha bo'lgan paytlarida pasportlarini yo'qotgan, amal qilish muddatini o'tkazib yuborgan yoki yaroqsiz holga keltirilgan hollarda tegishli konsullik muassasasiga O'zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini (Sertifikat) olish uchun murojaat qiladilar.
Doimiy konsullik hisobiga turish uchun vakolatxona konsullik bo'limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etish kerak:
- O'zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti asl nusxasi + pasport nusxasi (O'zbekiston Respublikasida ro'yxatga olinganlik to'g'risidagi axborot bilan);
- O'zbekiston Respublikasidan doimiy yashashga jo'nab ketish manzil varaqasi va nusxasi (faqat Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi davlatlariga doimiy yashashga ketgan fuqarolar uchun);
- doimiy turar joyi mamlakati hududida yashash yoki ro'yxatga olingan joyidan ma'lumotnoma;
- 3x4 sm o'lchamli fotosurat – 1 dona;
- konsullik hisobiga olish uchun konsullik yig'imi;
- elektron tarzda to'ldirilgan konsullik hisobiga olish varag'i.
Izoh: (Doimiy konsullik hisobiga olish 1 ish kuni ichida rasmiylashtiriladi.)