Birlashgan Arab Amirliklarida bo’lib turgan fuqarolar diqqatiga!
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish
Birlashgan Arab Amirliklarida bo’lib turgan fuqarolar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasida 2026 yilda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur jarayon mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini baholash, davlat dasturlarini shakllantirish hamda statistik ma’lumotlar bazasini yangilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu munosabat bilan, xorijda, xususan BAAda istiqomat qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun ro‘yxatga olish jarayonida ishtirok etish tartibini tushuntiruvchi maxsus videorolik tayyorlangan.
Ro‘yxatga olish jarayonida taqdim etiladigan barcha ma’lumotlar faqat statistik maqsadlarda foydalaniladi hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq himoya qilinadi. Ushbu ma’lumotlar boshqa davlat organlariga uzatilmaydi va nazorat yoki tekshiruv maqsadlarida qo‘llanilmaydi.
Hurmatli fuqarolar!
Sizni ro‘yxatga olish jarayonida faol ishtirok etishga hamda so‘rovnomani to‘liq va ishonchli ma’lumotlar asosida to‘ldirishga chaqiramiz.
Videorolikni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
O‘zbek tilida:
На русском языке: