.

BAAdagi O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!

Doniyor Sherzodovich
1-mart, 2026
1 min
BAAdagi O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!

Hurmatli yurtdoshlar,

Mintaqadagi vaziyat keskinlashib borayotgani munosabati bilan Birlashgan Arab Amirliklari hududlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan shaxsiy xavfsizlik choralariga alohida e’tibor qaratishlarini so‘raymiz.

Xususan, odamlar ko‘p to‘planadigan joylar va ommaviy tadbirlardan uzoqroq bo‘lish, harbiy obyektlar joylashgan hududlarga yaqinlashmaslik, mahalliy hukumat organlarining xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilish hamda shaxsiy hujjatlarni olib yurishni tavsiya qilamiz.

Zarur hollarda O‘zbekistonning Abu-Dabi shahridagi diplomatik vakolatxonasi bilan bog‘lanishingizni so‘raymiz:

Telefon: +971 2 448 82 15

Favqulodda holatlar uchun: +971 54 212 18 53 (Telegram, WhatsApp)

Barchangizni ehtiyotkor bo‘lishga, tinchlik va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishga chaqiramiz.

O‘zbekistonning Abu-Dabidagi Elchixonasi


BAAdagi O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga! | O'zbekiston Elchixonasi BAA | Embassy of Uzbekistan in UAE