Sport

Tashkent International Marathon 2026 — Ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

ProRun
30-mart, 2026
2 min
Tashkent International Marathon 2026 — Ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

5 aprel kuni Toshkentda yirik xalqaro yugurish tadbiri bo‘lib o‘tadi.

🏃‍♂️ Tashkent International Marathon 2026 — mamlakatdagi eng yirik yugurish tadbiriga qo‘shiling!

2026 yil 5 aprel kuni Toshkent shahrida xalqaro miqyosdagi eng yirik sport tadbirlaridan biri — Tashkent International Marathon bo‘lib o‘tadi. Marafonda 30 dan ortiq davlatdan 15 000 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

Marafon sakkizinchi yildirki muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda va mamlakatimizdagi eng yirik ommaviy yugurish tadbiri hisoblanadi.

Start va finish zamonaviy sport majmuasi — HUMO Arena hududida joylashadi.

🌍 Xalqaro maqom va sifat standartlari

2022 yildan buyon marafon xalqaro World Athletics tomonidan beriladigan World Athletics Label maqomiga ega.

Shuningdek, yo‘nalish AIMS (Association of International Marathons and Distance Races) tomonidan sertifikatlangan.

Bu quyidagilarni anglatadi:

  1. aniq o‘lchangan va sertifikatlangan masofa
  2. professional elektron xronometraj
  3. xavfsizlik va tashkiliy ishlar xalqaro standartlarda
  4. natijalar rasman tan olinadi (reyting, rekord va saralashlar uchun)

📅 Tadbir dasturi

4 aprel, shanba — HUMO Arena

  1. 17:00 — Kids Run
  2. 19:30 — Feyerverk
  3. 19:35–21:00 — Konsert

5 aprel, yakshanba — HUMO Arena

  1. 05:00 — Start shaharchasi ochilishi
  2. 06:00 — Marafon (42 km) start
  3. 07:30 — Yarim marafon (21 km) start
  4. 09:00 — 10 km start
  5. 10:00 — Taqdirlash marosimi
  6. 11:00 — 5 km Fun Run start
  7. 12:00 — Yopilish

📏 Masofalar

Ishtirokchilar quyidagi masofalardan birini tanlashlari mumkin:

  1. 5 km (Fun Run)
  2. 10 km
  3. 21 km (Half Marathon)
  4. 42 km (Marathon)

📝 Ro‘yxatdan o‘tish usullari

1-usul — Onlayn ro‘yxatdan o‘tish

Rasmiy platforma orqali: ProRun.uz

To‘lovdan so‘ng shaxsiy kabinetda QR-kod paydo bo‘ladi. Start paketini olishda ushbu kod taqdim etiladi.

2-usul — Email orqali (jamoalar va tashkilotlar uchun)

Zayavkalar: info@prorun.uz

Excel fayl bilan ishtirokchilar ro‘yxati yuboriladi.

3-usul — Telegram bot orqali

Rasmiy bot: @prorunuzbot

🎽 Start paketi tarkibi

Har bir ishtirokchi quyidagilarni oladi:

  1. start raqami
  2. elektron xronometraj chipi
  3. marafon rasmiy futbolkasi
  4. finish medali
  5. yo‘nalishda suv va oziqlanish
  6. tibbiy yordam
  7. yuk saqlash xizmati
  8. elektron sertifikat va rasmiy natija

💰 Start badali

300 000 so‘m har bir ishtirokchi uchun.

Korporativ jamoalar uchun maxsus shartlar mavjud.

🏆 Sovrin jamg‘armasi

42 km

  1. 1-o‘rin — 65 mln so‘m
  2. 2-o‘rin — 40 mln so‘m
  3. 3-o‘rin — 25 mln so‘m

21 km

  1. 1-o‘rin — 15 mln so‘m
  2. 2-o‘rin — 12 mln so‘m
  3. 3-o‘rin — 10 mln so‘m

10 km

  1. 1-o‘rin — 8 mln so‘m
  2. 2-o‘rin — 6 mln so‘m
  3. 3-o‘rin — 4 mln so‘m

5 km

  1. 1-o‘rin — 3 mln so‘m
  2. 2-o‘rin — 2 mln so‘m
  3. 3-o‘rin — 1 mln so‘m

♿ Inklyuzivlik

Marafon teng imkoniyatlar tamoyili asosida o‘tkaziladi. Nogironligi bo‘lgan ishtirokchilar umumiy start chizig‘idan start olib, maxsus vositalar yordamida masofani bosib o‘tadilar.

🎉 Ochilish marosimi

4 aprel kuni soat 19:00 da HUMO Arena hududida rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Barcha uchun kirish erkin.

Tashkent International Marathon — bu shunchaki yugurish emas.

Bu zamonaviy, ochiq va jadal rivojlanayotgan O‘zbekiston timsolidir.

Tashkent International Marathon 2026 — Ro‘yxatdan o‘tish boshlandi | O'zbekiston Elchixonasi BAA | Embassy of Uzbekistan in UAE